Manchester Siti yozda belgiyalik Kevin De Bruyne bilan xayrlashishga tayyorlanar ekan, klub yana bir bor Nyukasl va Braziliya yarim himoyachisi Bruno Guimaraesga bo‘lgan qiziqishini jonlantirmoqchi. 27 yoshli futbolchining transfer narxi €80 millionga baholanmoqda.
Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi a’zosi va “Sunderland” yarim himoyachisi Jobe Bellinghamni qo‘lga kiritish borasida “Chelsi” — “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenhem”, “Brayton” va “Kristal Pelas”ni ortda qoldirib, poygada yetakchilik qilmoqda. 19 yoshli futbolchi hozirda Chempionshipdagi eng qimmat o‘yinchi bo‘lib, uning narxi €22 millionni tashkil etadi.
“Chelsi” yozgi transfer oynasida kamida bitta markaziy himoyachini qo‘shib olmoqchi. Ular allaqachon “Feyenoord” himoyachisi David Hanchko bilan bog‘langan. Bundan tashqari, klub Dean Huijsenni qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan Yevropaning eng kuchli jamoalari qatorida ham bor.