Manchester Yunayted va Liverpul yozda Rayan Cherkini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bir nechta yevropalik grand klublar qatorida. Fransiyalik hujumchi ushbu mavsumda Lion safida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, ammo u taxminan 30 million yevroga jamoani tark etishi kutilmoqda. Cherki Yevropa Ligasi doirasida Man Yunaytedga qarshi har ikkala o‘yinda gol urib, o‘zining ajoyib mahoratini namoyish qildi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Chelsi yozda Virjil van Deykni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Van Deykning shartnomasi yozda yakuniga yetishi kerak edi, biroq u payshanba kuni Liverpul bilan yangi shartnoma imzolab, 2027-yilgacha Anfilddagi kelajagini kafolatladi.
Aston Villa Jack Grilishni bu yozda Midlendga qaytarish niyatida ekani haqida xabarlar bor. Angliya terma jamoasi futbolchisi ushbu mavsumda Manchester Siti safida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va u klubni tark etishi mumkin, Tottenhem ham unga qiziqish bildirmoqda.