Premer-liga mavsumi yakuniga borayotgan bir paytda, joriy mavsumda eng ko‘p transfer qiymati oshgan futbolchilar ro‘yxati tuzildi. Yangi transferlarni hisobga olmagan holda tuzilgan ushbu ro‘yxatda ko‘plab yosh va istiqbolli futbolchilar bor.
10-o‘rinda «Bornmut» hujumchisi Jastin Kluyvert joy olgan. 25 yoshli futbolchi Angliya futboliga moslashib, 12 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning transfer qiymati 14 million yevrodan 35 million yevroga ko‘tarildi.
9-o‘rinda «Manchester Yunayted» hujumchisi Amad Diallo joylashgan. Jamoaning asosiy tarkibidan o‘rin egallagan futbolchi fevral oyida jarohat olgan bo‘lsa-da, uning bozor qiymati 22 million yevroga oshdi.
Keyingi uch o‘rinni transfer qiymati 25 million yevroga oshgan futbolchilar egalladi:
- «Sautgempton» vingeri Tayler Dibling,
- «Bornmut» futbolchisi Antuan Semenyo (35 million yevroga yetdi),
- «Nyukasl» hujumchisi Aleksandr Isak (100 million yevroga yetdi).
5-o‘rinda «Arsenal» himoyachisi Mayls Lyuis-Skelli joylashgan. Akademiyadan asosiy tarkibga ko‘tarilgan futbolchining transfer qiymati 26 million yevroga oshdi. U «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojers va «Liverpul» yarim himoyachisi Rayan Gravenberx bilan bir qatorda, bozor qiymatini 35 million yevroga oshirgan futbolchilar qatorida turadi.
2-o‘rinda yana bir «Arsenal» vakili – Ethan Nwaneri. 18 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, 47 million yevro qiymatgacha ko‘tarildi.
1-o‘rinda esa «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer joy oldi. Angliya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymati mavsum boshidan dekabrgacha 50 million yevroga oshdi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Premer-ligada birinchi o‘rinni egalladi.