“Liverpul” hamda “Arsenal” yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isakni asosiy nishon sifatida ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Devid Ornshteyn. Shvetsiyalik forvard bu mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, biroq “Nyukasl” uni qo‘yib yuborish uchun €100 milliondan oshiq taklif talab qiladi.
Bu orada, “Barselona” argentinalik iqtidorli futbolchi Franko Mastantuononi qo‘lga kiritish poygasiga qo‘shildi. “River Pleyt”da to‘p surayotgan yosh qanot hujumchisi avvalroq “Real Madrid”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublarining e’tiboriga tushgan edi. Uning shartnomasida tovon puli (release clause) ham mavjud.
Shuningdek, “Real Madrid” yozda o‘z tarbiyalanuvchisi Niko Pazni yana jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Iqtidorli yarim himoyachi o‘tgan yili “Komо” klubiga qo‘shilgan edi va u yerda Sesk Fabregas qo‘l ostida yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda. “Real” uning shartnomasiga qaytarib olish bandini kiritgan va uni faollashtirishi kutilmoqda.