Xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” yozgi transfer oynasida “Aston Villa” hujumchisi Morgan Rojersni qo‘lga kiritmoqchi. Klub Angliya terma jamoasi a’zosini hujumni kuchaytirish uchun xarid qilmoqchi. Rojersning bozor bahosi 50 million yevroga teng.
Ispaniya matbuotining yozishicha, “Real Madrid” “Arsenal” himoyachisi, fransuz futbolchisi Uilyam Salibani bu yozgi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. 24 yoshli futbolchining hozirgi bozor narxi 80 million yevro.
“Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikelning aytishicha, Viktor Osimhen bu yozda “Stemford Brij”ga qo‘shilishni istamoqda. O‘tgan yozda ham Osimhen “Chelsi” bilan jiddiy bog‘langan edi va Mikelning fikricha, bu safar kelishuvni amalga oshirish oson bo‘ladi.