outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Seshanba, 20-Yanvar, 2026 | 11:52
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
Antonyning Real Betisdagi ajoyib ta’siri – “Manchester Yunayted”dagi omadsizlikdan so‘ng La...
“Shved Messisi” – FC Kopengagen yosh futbolchisi Bardghji Barselonaga nima bera...
Abduqodir Xusanov Manchester City kelajagi.
Keyn 5-o‘rinda, Mbappe 2-o‘rinda – 2025 yilda eng ko‘p gol urgan...
Jon Stounz Real Madridga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotiga...
So‘nggi transfer yangiliklari: “Liverpul” va “Aston Villa” Gülerni xohlasa, “Man Yunayted”...
Arsenal vs Man United – Premier League davrida eng ko‘p o‘ynagan...
So‘nggi transfer yangiliklari: Isak Liverpulga, Romero – Real Madridga o’tishi mumkin.
Leverkuzendan Liverpulga – Frimpong Aleksander-Arnold uchun ideal o‘rinbosarmi?
So’ngi transfer yangiliklari: Son Tottenhamni tark etishi mumkin, Chelsi esa Sancho...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
O'yin tafsilotlari

Ikki yil tanaffusdan so‘ng — Pol Pogba Monakoga o‘tib, Fransiya bilan Jahon Chempionatiga qayta oladimi?

Muallif: Bakhodirovxz 28/06/2025
Muallif: Bakhodirovxz 28/06/2025 0 fikrlar 29 ko‘rishlar 2 daqiqa o‘qish
29

Pol Pogba ikki yillik tanaffusdan so‘ng futbolga qaytmoqda — u 2025/26 mavsumdan boshlab Fransiyaning “Monako” klubi safida to‘p suradi. Klub shanba kuni bu transferni rasmiylashtirdi. Pogba so‘nggi marta 2023 yil sentabr oyida “Yuventus” safida “Empoli”ga qarshi maydonga tushgan edi. Biroq avgustda doping testidan o‘tolmagani bois, 2024 yil fevralda unga 4 yillik diskvalifikatsiya e’lon qilingan. Keyinchalik Sport arbitraj sudi bu jazo muddatini 18 oygacha qisqartirdi — Pogbaga 2025 yil mart oyida mashg‘ulotlarga qaytishga ruxsat berildi.

“Yuventus” va Pogba o‘tgan yil noyabrda o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. O‘shandan beri Pogba yangi klub qidirayotgan edi. Dastlab u AQSh yoki Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkinligi aytilgan, ammo yakunda u “Monako” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Pol Pogba: U o‘z formasini qaytara oladimi?

Qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng Pogbaning qachon to‘liq o‘yin formasiga kirishini aniqlash qiyin. Eng yaxshi davrida u dunyoning yetakchi yarim himoyachilaridan biri edi, ammo “Yuventus”ga qaytgach, doimiy jarohatlar uni sekinlashtirdi. Raqamlar ham bunga dalil: Pogba “Yuventus”da qaytgach, 1 yil ichida atigi 12 o‘yinda qatnashdi, 57 o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yubordi.

Shunga qaramay, “Monako”ga o‘tishi Pogba uchun yangi sahifa bo‘lishi mumkin. Klub o‘tgan mavsumda Liga 1da 3-o‘rinni egallagan va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan — bu Pogbaga yuqori darajadagi o‘yin amaliyoti beradi. Qizig‘i shundaki, bu uning Frantsiya oliy ligasidagi ilk tajribasi bo‘ladi.

Transfermarkt’dagi Liga 1 mutaxassisi Joachim Duran bu borada shunday deydi:

“Fransiyada Pogbaning ‘Monako’ga o‘tishi katta qiziqish uyg‘otdi. Hamma hayajonda yoki hech bo‘lmasa qiziqmoqda. Men shaxsan biroz shubhalanaman. Ishonmoqchiman, ammo 32 yoshda, bunday uzoq tanaffusdan so‘ng… bu qiyin. Ammo u yangi o‘yinchi sifatida mashg‘ulot bazasiga kelayotgandekman’ degani meni ijobiy ruhlantirdi.”

Pogba Fransiya terma jamoasiga qayta oladimi?

Hozirda bu haqiqatdan yiroq tuyulsa-da, Pogba uchun asosiy maqsad — 2026 yilgi Jahon Chempionatida Frantsiya terma jamoasiga qaytish. Duran bu borada umid borligini ta’kidlaydi:

“Frantsiya terma jamoasiga qaytish bo‘yicha Pogbaning qo‘lida hamma karta bor. Nazariy jihatdan Desham unga juda katta hurmat bilan qaraydi. U Pogbadek futbolchilar kamdan-kam uchrashishini biladi. Amalda esa, Desham o‘z ‘askarlari’dan voz kechmaydi — bunga Kantening Yevro-2024 uchun qaytishi misol bo‘la oladi. Chempionlar Ligasi ham Desham uchun muhim — u bu musobaqani xalqaro darajaga eng yaqin deb biladi. Agar Pogba yaxshi o‘ynasa — u terma jamoaga qaytadi.”

Xulosa

Pol Pogba “Monako”da yangi hayot boshlamoqda. Jarohatlar, doping sanksiyasi va ikki yil futbolsiz qolgan davrdan so‘ng, u o‘z martabasini qayta tiklamoqchi. Chempionlar Ligasida o‘ynashi va motivatsiyasi uni avvalgi darajasiga qaytarishga xizmat qilishi mumkin. Agar barchasi reja bo‘yicha ketsa, biz uni yana Frantsiya termasida ko‘rishimiz mumkin — ehtimol, so‘nggi marta.

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

Girona’da nimalar bo’lmoqda? City Group jamoasida ishlar orqaga ketyaptimi?

30/10/2025

Everton’da yangi davrmi? Toffeelar yozgi transfer oynasidan keyin kelasi mavsum...

05/08/2025

€127 millionlik yulduzdan €20 millionlik muvaffaqiyatsizlikka – João Félixning hayratlanarli...

24/07/2025

Shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtadi – Vinisius Junior “Real Madrid”ni tark...

16/07/2025

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati g‘alabasi “Chelsi”ning Premer-ligani yutishi mumkinligini ko‘rsatmoqda

14/07/2025

Premyer Liga g‘olibligi uchun kurasha oladigan tarkibmi? Arsenal keyingi mavsumda...

08/07/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa