🇰🇷 Heung-min Son bu yozda “Tottenham”ni tark etishi mumkin. O‘tgan mavsumda u bilan shartnoma bir yilga uzaytirilgan edi, biroq endi asosiy tarkibda kafolatli o‘yinchi emas. Saudiya Pro Ligasining bir nechta klublari tomonidan qiziqish mavjud.
🔵 Chelsea “Manchester United” bilan Jadon Sancho uchun sotib olish bandini bekor qilish evaziga €6 million to‘laydi. Klub futbolchi bilan maosh borasida kelisha olmadi. Sancho “United”ga qaytadi, biroq Ruben Amorim rejalari doirasida emas.
🔴⚫️ AC Milan yozda Luka Modrićni bepul transfer orqali olib kelmoqchi. U o‘tgan oyda “Real Madrid”dan ketganini tasdiqlagan edi. Milan klubi Modrićga katta ishonch bildirgan — u o‘tgan mavsumda “Real” safida 56 o‘yin o‘tkazgan.
🐝 Bryan Mbeumo bu yozda Manchester Unitedga o‘tishni xohlamoqda. Klub muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda. Arsenal, Newcastle va Tottenham ham qiziqish bildirgan, biroq Mbeumo «Old Trafford»ni afzal ko‘rmoqda.
⚫️🔵 Rasmus Højlund yozda “Manchester United”ni tark etishi mumkin — Inter Milan uni ijaraga olib, keyinchalik sotib olish bandi bilan transfer qilishni xohlamoqda. Højlund o‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rsata olmadi, biroq hali ham unga qiziqayotgan klublar bor.
🔴⚪️ Myles Lewis-Skelly esa Real Madridning qiziqishiga qaramay, Arsenal bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi, biroq u London klubida qolishni xohlayapti.
🟡⚫️ Jobe Bellingham esa akasi Jude Bellingham sobiq klubi — Borussia Dortmundga o‘tishga tayyorlanmoqda. Uni boshqa Bundesliganing klublari ham xohladi, biroq u Dortmundni tanladi.