Everton bu yozda “Liverpul” futbolchisi Ben Doakni sotib olishni rejalashtirmoqda. 19 yoshli futbolchi mavsumni ijarada “Midlsbro”da o‘tkazib, yaxshi taassurot qoldirdi. “Enfild” klubi esa bu yozda uni sotib yuborishi mumkin, ayniqsa, raqib jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes uni juda qadrlaydi.
Ispaniyada tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu bu yozda “Al-Nassr” bilan shartnomasining muddati tugashiga ruxsat beradi. Saudiyalik klub bilan hali shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmagan, shuningdek, Ronaldu “Real Madrid”ga qaytishni xohlayotgani aytilmoqda, ammo bu juda dargumon.
“Vulverxempton” hujumchisi Mateus Kunha bu yozda “keyingi bosqichga o‘tib, sovrinlar uchun kurashishni” xohlashini ma’lum qildi. Braziliyalik futbolchi yaqinda “bo‘rilar” bilan yangi shartnoma imzolagan, ammo unda €70 millionlik tovon puli bandi mavjud bo‘lib, “Arsenal” uning ehtimoliy manzillaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.