Sky Sports Switzerland xabariga ko‘ra, Trent Aleksander-Arnold «Real Madrid» bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. 26 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi yozda yakunlanadi va u bolaligidan to‘p surgan klubida qolishi juda dargumon, Madridga o’tishi kutilmoqda.
Chelsea xabar qilinishicha, «Atletik Bilbao» vingeri Nico Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga qo‘shilgan. Uilyams o‘tgan yozda «Arsenal» va «Barselona»ga o’tishi mumkinligi haqida jiddiy mish-mishlar tarqalgan edi, ayniqsa, Ispaniya terma jamoasi safida Euro-2024da yorqin o‘yin namoyish etganidan keyin. Uning shartnomasida tovon puli bandi mavjud va u ushbu yozda «Bilbao»ni tark etishi kutilmoqda.
Galatasaray Ilkay Gündog‘anni bu yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Germaniyalik yarim himoyachi o‘tgan yozda «Barselona»dan «Manchester Siti»ga qaytgan edi, biroq Angliya futbolining talablariga moslashishda qiynalmoqda va Turkiya klubi uni qo‘lga kiritishga tayyor.