Evropa futbolida yanvar oynasi transfer bozorining tugashi bilan klublar yozgi transfer oynasi rejalari ustida ishlashni boshladi. Jamoalar yangi futbolchilarni aniqlash va budjetni rejalashtirish bilan band.
Arsenal Leroy Sanéga qiziqmoqda
Bavariya hujumchisi Leroy Sané hozirda top klublarning diqqat markazida, chunki uning mavsum oxirida shartnomasi tugaydi. Arsenal hujum chizig‘ini mustahkamlash maqsadida 29 yoshli yulduzni transfer qilishni ko‘rib chiqmoqda.
Liverpool Jorrel Hato transferini ko‘zlamoqda
«Enfild» klubi yozda bir qator himoyachilarni olib kelishga harakat qiladi, chunki Virjil van Deykning jamoadan ketish ehtimoli bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Liverpool Ajax himoyachisi Jorrel Hatoga qiziqmoqda va skautlarini u o‘ynayotgan Erediviziyadagi o‘yinlariga yubordi.
Manchester City Jeremie Frimpongni qaytarishni rejalashtirmoqda

Manchester City keyingi mavsumda oldingi qudratini qaytarishni maqsad qilgan. Angliya matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, «shaharliklar» Bayer Leverkuzen himoyachisi Jeremie Frimpongni qaytarishni rejalashtirmoqda. Biroq, futbolchiga Barcelona, Real Madrid va Manchester United klublari ham qiziqish bildirmoqda.