Nyukasl oxirgi marta yirik sovrinni qo‘lga kiritganida, «Cherry Pink and Apple Blossom White» musiqasi chartlarda yetakchilik qilayotgan edi, Buyuk Britaniyada o‘rtacha uy narxi bor-yo‘g‘i €2,291 edi, «The Beatles» hali mashhur emas edi va VAR hali 60 yildan keyin futbolga «yordam berish» uchun paydo bo‘lishi kerak edi.
1955-yilgi Angliya Kubogi finalida «Magpies» (Nyukaslning laqabi) Manchester Siti ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixidagi so‘nggi yirik sovrinni qo‘lga kiritgan edi. 70 yil davom etgan qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, nihoyat, yakshanba kuni Uembli stadionida Eddi Xou jamoasi «Liverpul»ni hayratga solib, EFL Kubogini qo‘lga kiritdi.
Nyukasl 2-1 hisobida g‘alaba qozonib, EFL Kubogini yutdi
Nyukaslning sodiq muxlisi Den Bern va jamoaning yulduz hujumchisi Aleksander Isak tomonidan urilgan gollar «Qizillar» uchun Federiko Kyezaning kech urgan goliga qaramay, g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Poytaxtdagi sovuq kunda final Nyukaslning 2-1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu g‘alaba orqali Eddi Xou nafaqat Nyukasl muxlislarining uzoq yillik og‘riq va umidsizliklariga yakun yasadi, balki so‘nggi 20 yil ichida Britaniya hududida yirik sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi ingliz murabbiy bo‘ldi.
Endi savol tug‘iladi: Nima uchun ingliz murabbiylari zamonaviy futbolda bunday qiyinchiliklarga duch kelishdi? Xou ushbu tendentsiyani o‘zgartira oladimi?
Eddi Xou – so‘nggi 17 yilda yirik sovrin yutgan birinchi ingliz murabbiy
Yakshanba kuni Uembli stadionida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan oldin, so‘nggi marta ingliz murabbiyi yirik ichki sovrin yutganida 2007/08-yilgi mavsum edi, va bu muvaffaqiyat Garri Rednapp boshchiligidagi Portsmutga nasib etgan edi. EFL Kubogini so‘nggi marta ingliz murabbiyi Stiv Makklaren 2003/04-yilda Midlsbro bilan qo‘lga kiritgan. Angliyada milliy chempionatni qo‘lga kiritgan so‘nggi ingliz murabbiyi esa Xovard Uilkinson bo‘lib, u 1991/92-yilda Premer-liga tashkil etilishidan oldin Lids Yunaytedni chempion qilgan.
Nima uchun ingliz murabbiylari so‘nggi o‘n yilliklarda qiynalib kelishdi?
Bu savolga javob sifatida Angliyaning 2000-yillardagi «Oltin avlodi»dagi ko‘plab futbolchilar murabbiy sifatida yuqori natijaga erisha olmaganini keltirish mumkin. Masalan:
- Stiven Jerrard Aston Villadan iste’foga chiqarildi.
- Ueyn Runi endigina Chempionshipdagi Plimut klubidan haydaldi.
- Frank Lempard Chelsi va Evertondagi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat qozona olmadi.
- Pol Skoulz, Sol Kempbell va Gari Nevill murabbiy sifatida o‘zlarini sinab ko‘rishdi, lekin sezilarli yutuqlarga erisha olishmadi va natijada sharhlovchilik va media sohasiga o‘tishdi.
Murabbiylikdan ko‘ra media faoliyati osonroq yo‘l bo‘lib ko‘ringan bo‘lishi mumkin, ammo asosiy sabab Premer-liganing dunyodagi eng raqobatbardosh liga ekanidir. Dunyoning eng yaxshi murabbiylari Angliyaga kelib ishlayotgan bir paytda, ingliz murabbiylari bu o‘yinda ortda qolib ketmoqda.
Eddi Xou – ingliz murabbiylari uchun yangi yo‘l ochmoqda
2021-yilda Nyukaslni qabul qilib olganida, jamoa 19-o‘rinda edi va Premer-ligadan tushib ketish xavfi bor edi. Xou qisqa vaqt ichida:
✅ Nyukaslni Chempionlar ligasiga olib chiqdi
✅ O‘tgan mavsumda EFL Kubogi finaliga olib chiqdi
✅ Joriy mavsumda esa Liverpul ustidan qozonilgan g‘alaba bilan ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi
Xouning katta o‘yinlardagi taktika ustunligi ham sezilarli:
⚡ Arsenalni uch marta mag‘lub etdi
⚡ Nottingem Forestni uch marta yutdi
⚡ Chelsini ikki marta mag‘lub etdi
⚡ Endi esa Liverpulni yutib, EFL Kubogini qo‘lga kiritdi
Agar Nyukasl mavsumni TOP-5 likda yakunlasa, Xouning yana bir katta yutug‘i Chempionlar ligasiga yana yo‘llanma olish bo‘ladi. Chet ellik murabbiylar hukmronlik qilayotgan davrda Xou ingliz murabbiylari uchun yangi motivatsiya bo‘lishi mumkin. Umid qilamizki, keyingi ingliz murabbiyi yirik sovrin yutishi uchun yana 17 yil kutishga to‘g‘ri kelmaydi!

