outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Chorshanba, 10-Dekabr, 2025 | 10:53
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
🚨🌳 McAtee va Hutchinson transferlari hamda Kalimuendo transferi deyarli tayyor bo'lgandan…
Nega Man City De Bruyne bilan xayrlashmoqda? Tajribali yarim himoyachi hamon...
Bright Ede kim? “Chelsi” polyak isteʼdod uchun kurashda peshqadam, “Arsenal” ham...
🚨🌳 James McAtee Nottingham Forest’ga, Oshga marhamat! Klubdan klubga kelishuv…
Nicolas Jackson Bavariyaga, Oshga marhamat! Chelsea bilan dastlabki ijara asosida kelishuvga…
Xolandi va Anrini ortda qoldirdi – Muhammad Salah Premier Liga tarixida...
Neymar, Podolski va boshqalar – 24 yoshga to‘lmasdan eng ko‘p xalqaro...
Eng so‘nggi transfer yangiliklari: «Liverpul» Nunes/Isak almashtirishni ko‘zlamoqda, «Manchester United» sobiq...
🚨🌳 Nottingham Forest Rennes’dan Arnaud Kalimuendo’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga…
Alexander Isak bayonot berdi: “Va’dalar buzilganda va ishonch yo‘qolganda, munosabat davom…
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Bo'lajak yulduzlar

«Mamlakatdagi eng yaxshi 15 yoshli futbolchi» – “Arsenal”da Maks Daumanni yorqin mavsum kutyaptimi?

Muallif: Bakhodirovxz 24/07/2025
Muallif: Bakhodirovxz 24/07/2025 0 fikrlar 8 ko‘rishlar 3 daqiqa o‘qish
8

O‘tgan mart oyida “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi Maks Daumanni “mamlakatdagi eng yaxshi 15 yoshli futbolchi” deb atagan edi. So‘nggi yillarda Bukaо Saka, Eton Nvaneri va Mayls Lyuis-Skelli kabi yoshlar jamoasidan chiqib, asosiy tarkibda katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchilarning o‘sishini ko‘rganmiz, biroq Dauman atrofidagi hayajon ushbu nomlar orasidan ham ajralib turishi mumkin. Bu fikrni bosh murabbiy Mikel Arteta ham qo‘llab-quvvatlaydi. May oyida u shunday degan edi:

“Vaziyat qanday rivojlanishini ko‘ramiz, ammo bizda juda katta iste’dod borligi aniq.”

Ijtimoiy tarmoqlarda Dauman raqiblarni bemalol ortda qoldirayotgan videolari anchadan beri tarqalmoqda.

O‘tgan yil fevralida Dauman hali endigina 15 yoshga kirganida, “Arsenal” U18 safida FA Youth Cup yarim finalida “Manchester Yunayted” U18ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va maydondagi eng yaxshi futbolchiga aylandi. O‘sha o‘yinda u to‘pni o‘z maydonining yarmida olib, o‘zidan uch yosh katta himoyachilarni qiynadi, penalti ishladi va uni aniq amalga oshirdi — butun o‘yinda doimiy xavf manbai bo‘ldi.

Yozda bo‘lib o‘tgan U17 Yevropa chempionatida Angliya guruh bosqichidanoq musobaqani tark etdi, biroq yana Dauman eng ko‘zga ko‘ringan futbolchi bo‘ldi. U Chexiyaga qarshi chiroyli gol urdi. Ayni damda u “Arsenal”ning Singapurdagi mavsumoldi safarida ishtirok etmoqda va ko‘pchilik uni kelasi mavsum asosiy jamoada debyut qilishi mumkin deb hisoblamoqda. Dauman Yangi yil arafasigacha 16 yoshga to‘lmaydi, ammo u “Arsenal”da yorqin mavsum boshlashi mumkinmi?

Maks Dauman qanday o‘yinchi?

Daumanning o‘yinni his qilishi, ishonchi va to‘p bilan yugurib yurish qobiliyati uni boshqa tengdoshlaridan ajratib turadi. U tanasini juda yaxshi boshqara oladi, tez-tez to‘xtab-qo‘zg‘alib, himoyachilarni charchatadi. Bunga uning kuchli zarba berish qobiliyati va yakunlovchi harakatlarini qo‘shsak — bu haqiqiy tahdid. Ba’zida raqib himoyachilar uni to‘xtatishning hech bir yo‘lini topa olishmaydi.

Ammo endi u rivojlanishidagi eng muhim bosqichga kirib keldi. Uning ajoyib boshlang‘ich natijalari, albatta, Premyer ligadagi eng yaxshi himoyachilarga qarshi ham xuddi shunday o‘yin ko‘rsatishini kafolatlamaydi. Shunga qaramay, hozirgi bosqichda uni to‘xtata oladigan yagona to‘siq — bu jarohatlar yoki xulq-atvordagi muammolar bo‘lishi mumkin.

U18 jamoasidagi statistikasi aqlni shoshiradi: atigi 25 o‘yinda 20 ta gol va 10 ta assist. Bu erda yana eslatish kerak — Dauman A) hujumchi emas va B) hali 15 yoshda. Bundan tashqari, u allaqachon Angliya U17 safida 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol kiritgan. U hozir “Arsenal”ning safar tarkibidagi eng yosh futbolchi bo‘lib, kelasi mavsum asosiy jamoada imkoniyat olishi kutilmoqda.

Maks Dauman “Arsenal”da qaysi pozitsiyada o‘ynaydi?

Yoshlar darajasida Dauman asosan hujumkor yarim himoyachi yoki o‘ng qanotda o‘ynagan. U yozda Angliya U17 safida o‘ng qanotda o‘ynab, chap oyog‘i bilan markazga kirib harakat qilgan va doimiy xavf manbai bo‘lgan. U har ikki oyog‘ida bemalol o‘ynay oladi, ammo uzoq muddatli istiqboli jihatidan ko‘pchilik uni o‘ng tomonda “10-raqam” pozitsiyasida ko‘radi — xuddi hozirgi sardor Martin Ødegaard kabi.

Biroq u bir nechta pozitsiyada o‘ynay olgani uchun bu unga yoshligida asosiy tarkibda o‘yin amaliyotini ko‘paytirishda katta yordam beradi. Dauman haqiqiy avlod iste’dodi (generational talent) bo‘lishi mumkin, ammo bu «Arsenal»ning asosiy tarkibiga kirish uchun ko‘p mehnat qilishini talab etadi.

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

22 yoshli Ardon Jashari kim? «Manchester Yunayted» nishonga olgan yarim...

07/08/2025

Jorrel Hato qanchalik yaxshi? — «Chelsi» bilan bog‘langan «Ayaks»ning yosh...

24/07/2025

Rayan Roberto kim? “Barselona” Neymar va Vinisius Jr bilan taqqoslanayotgan...

18/07/2025

Pio Esposito kim? “A Seriyaning yarmi” qiziqayotgan Inter yulduzi haqida

30/06/2025

Nik Voltemade kim? Germaniyaning U21 yulduzi Bayern va Premer-liga gigantlari...

27/06/2025

22 yoshli Ardon Jashari kim? AC Milan va Manchester United...

27/06/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa