🔁 Real Madrid – Florian Wirtz
Ispaniya OAVlariga ko‘ra, Real Madrid hali ham Florian Wirtz transferidan voz kechgani yo‘q. Germaniya terma jamoasi va “Bayer Leverkuzen”ning yulduzi yozda klubni tark etishi kutilmoqda. Avvalroq “Liverpul” bilan muzokaralar yakunlanishga yaqin ekani haqida xabarlar chiqqandi, biroq Madrid klubi hamon kurashda qolmoqda. Ayniqsa, uning sobiq murabbiyi Xabi Alonso yozda Karlo Anchelottini almashtirishi transferni kuchaytirmoqda.
🔁 Barselona – Markus Reshford
Barselona vakillari yaqinda Markus Reshfordning agenti bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi. “Manchester Yunayted” futbolchisi yangi bosh murabbiy Ruben Amorim rejalariga kirmaydi va yozda klub uni sotmoqchi. Reshford yaqinda “Aston Villa”da ijarada muvaffaqiyatli o‘yinlar o‘tkazdi va uning o‘zi ham La Liga chempionlari – “Barselona”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
🔁 Chelsi – Liam Delap
“Chelsi” yozgi transfer oynasida Liam Delapni qo‘lga kiritish borasida favoritga aylangan. “Ipsvich Taun” hujumchisi bilan bir nechta Premer-liga klublari, jumladan, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Everton” ham qiziqish bildirmoqda. Barcha klublar uning 38 million yevrolik tovon pulini to‘lashga tayyor, biroq ayni damda Chelsi bu poygada oldinda bormoqda.