outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Yakshanba, 18-Yanvar, 2026 | 09:29
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
Antonyning Real Betisdagi ajoyib ta’siri – “Manchester Yunayted”dagi omadsizlikdan so‘ng La...
“Shved Messisi” – FC Kopengagen yosh futbolchisi Bardghji Barselonaga nima bera...
Abduqodir Xusanov Manchester City kelajagi.
Keyn 5-o‘rinda, Mbappe 2-o‘rinda – 2025 yilda eng ko‘p gol urgan...
Jon Stounz Real Madridga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotiga...
Leverkuzendan Liverpulga – Frimpong Aleksander-Arnold uchun ideal o‘rinbosarmi?
So’ngi transfer yangiliklari: Son Tottenhamni tark etishi mumkin, Chelsi esa Sancho...
So‘nggi transfer yangiliklari: “Liverpul” va “Aston Villa” Gülerni xohlasa, “Man Yunayted”...
Arsenal vs Man United – Premier League davrida eng ko‘p o‘ynagan...
Mo Salah, Viktor Gyökeres yoki Kylian Mbappé – Yevropa oltin butsasi...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
O'yin tafsilotlariTarix

Arne Slotning birinchi mavsumida “Liverpul” bilan Premer-liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun qilgan besh ishi

Muallif: Bakhodirovxz 27/04/2025
Muallif: Bakhodirovxz 27/04/2025 0 fikrlar 10 ko‘rishlar 4 daqiqa o‘qish
10

“Liverpul” yana Premer-liga chempioni bo‘ldi. “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda erishilgan natija ularning uzoq vaqtdan beri kutilayotgan chempionligini rasman tasdiqladi. Yürgen Klopp kabi “Liverpul” afsonasidan keyin jamoani boshqarish og‘ir vazifa bo‘lishi mumkin degan xavotirlar bor edi, biroq Arne Slotning Angliyadagi ilk mavsumida erishgan yutug‘i haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada bo‘ldi. Uning jamoasi chempionlikni to‘rt o‘yin oldinroq qo‘lga kiritdi, va gollandiyalik murabbiy Angliyadagi birinchi mavsumidayoq Premer-liga chempioni bo‘lgan beshinchi murabbiyga aylandi. Unga qadar bu yutuqqa Joze Mourino (2004/05 yillarda “Chelsi” bilan), Karlo Anchelotti (2009/10 yillarda “Chelsi” bilan), Manuel Pellegrini (2013/14 yillarda “Manchester Siti” bilan) va Antonio Konte (2016/17 yillarda “Chelsi” bilan) erishgan edi.

Yuqoridagi grafikda ko‘rsatilganidek, “Liverpul” joriy ochkolariga asoslanib bu mavsumda 91 ochko to‘plashi prognoz qilinmoqda, bu esa Premer-ligada yangi murabbiy uchun uchinchi eng yaxshi natija bo‘ladi. Slotning “Enfild”dagi natijalari haqiqatan ham hayratlanarli bo‘ldi, lekin u klubga bunchalik tez ta’sir ko‘rsatishga qanday erishdi?

Transfermarkt ushbu yutuqqa olib kelgan gollandiyalik murabbiyning beshta asosiy ishini ajratib ko‘rsatdi.

Arne Slot “Liverpul”ni chempion qilgan besh asosiy ish

1. Ryan Gravenberchni tayanch yarim himoyaga o‘tkazish

Mavsum boshida ko‘plab “Liverpul” muxlislari klub yangi tayanch yarim himoyachini ololmagani uchun hafsalasi pir bo‘lgandi. “Real Sosedad” futbolchisi Martin Zubimendi bilan kelishmovchilik, u endi yozda “Arsenal”ga o‘tishi kutilmoqda, o‘tgan yili Moises Kaysedo va Romeo Lavia transferlarida “Chelsi” tomonidan mag‘lub bo‘lingan holatlarni eslatdi.

Ammo kam odam tasavvur qilgan edi: Yürgen Klopp davrida asosan hujumkor rolda o‘ynagan Ryan Gravenberch bu mavsum Premer-ligadagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilardan biriga aylanishini. Ammo shunday bo‘ldi. Faqat Virjil van Deyk va Muhammad Salahgina Premer-ligada undan ko‘ra ko‘proq daqiqa maydonda bo‘lishdi va butun liga bo‘yicha hech bir yarim himoyachi Gravenberchdan ko‘proq to‘p olib qo‘ymagan. U to‘p bilan ham, to‘psiz ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.

2. 32 yoshli Salahdan kariyerasidagi eng yaxshi mavsumni chiqarib olish

Mavsum boshida ko‘pchilik Muhammad Salahning eng yaxshi kunlari ortda qoldimi, degan savollarni bera boshlagandi. Natijada u o‘zining eng zo‘r mavsumini o‘tkazdi. 32 yoshli futbolchi “Liverpul” va butun Premer-liganing eng kuchli hujumchisiga aylandi va 38 o‘yindan iborat mavsumda 45 ta gol va assist bilan o‘zining eng yaxshi hujum ko‘rsatkichlariga erishdi. U hali bu raqamlarni yanada oshirishi mumkin. Salahning yangi ikki yillik shartnomasi Slot uning hali ham yuqori darajada o‘ynay olishiga ishonishini ko‘rsatadi. Gollandiyalik murabbiyning Misr qirolidan maksimal darajada foydalanishi “Liverpul”ning muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi.

3. Yarim himoyachilarni to‘g‘ri aylantirib borish

“Liverpul” bu mavsum jarohatlardan nisbatan omon qoldi va bu ularga tarkibni erkin aylantirish imkonini berdi. Ayniqsa, Gravenberchning oldida o‘ynaydigan ikkita yarim himoyachi pozitsiyasida bu yaqqol sezildi. Aleksis Mak Allister, Dominik Soboslai va Kertis Jons bu mavsum har biri 2 000 daqiqadan ortiq maydonda harakat qildi va har biri o‘zining kuchli davrini o‘tkazdi. Shuningdek, charchoq va toliqish sezilganda har bir futbolchiga dam berish imkoniyati bo‘ldi. Ular orasida ehtimol Mak Allister eng yorqin o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, har uchalasiga ham ishonish mumkin bo‘lgan o‘yinchilar sifatida tayangan holda o‘ynash katta afzallik bo‘ldi.

4. Konateni Van Deykning sherik qilib tanlash va uni sog‘lom saqlash

Premer-liga mavsumining atigi 45-daqiqasidayoq Slot muhim qaror qabul qildi. Mavsumoldi tayyorgarlik davrida Jarell Quansah ko‘proq Van Deykning asosiy sherigi sifatida o‘ynagan va bu pozitsiyani saqlab qoladigandek tuyilgandi. Ammo mavsum ochilish o‘yinida, “Ipswich”ga qarshi o‘yinda, taymda Ibrohima Konate Quansahning o‘rniga maydonga tushdi va shundan beri joyini berib qo‘ymadi. Fransiyalik himoyachi “Liverpul”ning 33 Premer-liga o‘yinidan 27 tasida maydonga tushdi va Van Deyk bilan birga ligadagi eng kuchli markaziy himoya juftliklaridan birini shakllantirdi. Avvallari Anfildda Konate uchun jarohatlar muammo bo‘lgan, biroq bu mavsumda u faqat bir necha o‘yinni o‘tkazib yubordi va “Liverpul” bundan juda minnatdor.

5. Noan’anaviy hujumchilar (Jota, Dias va Gakpo rotatsiyasi)

Darvin Nunyes «Liverpul» tarkibidagi yagona klassik markaziy hujumchi. Biroq urugvaylik futbolchi bu mavsum ko‘p o‘yin amaliyoti ololmadi va faqat sakkizta Premer-liga o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Slot esa hujum chizig‘idagi asosiy ro‘llarni uch futbolchi – Kodi Gakpo, Luis Dias va Diogo Jota o‘rtasida taqsimlashni afzal ko‘rdi. Ko‘plab o‘yinlarda Gakpo va Dias o‘yinning o‘zida hujumdagi rolni almashib turdi. Jota esa ba’zi jarohatlarga qaramay, old chiziqda o‘ynaganda o‘ziga xos uslub va muhim gollarni olib keldi. Bu rotatsiya “Liverpul” hujumini raqiblar uchun oldindan bashorat qilib bo‘lmas darajaga olib chiqdi va ularning himoyalarini chalg‘itishga xizmat qildi.

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

Girona’da nimalar bo’lmoqda? City Group jamoasida ishlar orqaga ketyaptimi?

30/10/2025

Everton’da yangi davrmi? Toffeelar yozgi transfer oynasidan keyin kelasi mavsum...

05/08/2025

€127 millionlik yulduzdan €20 millionlik muvaffaqiyatsizlikka – João Félixning hayratlanarli...

24/07/2025

Shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtadi – Vinisius Junior “Real Madrid”ni tark...

16/07/2025

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati g‘alabasi “Chelsi”ning Premer-ligani yutishi mumkinligini ko‘rsatmoqda

14/07/2025

Premyer Liga g‘olibligi uchun kurasha oladigan tarkibmi? Arsenal keyingi mavsumda...

08/07/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa