outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Yakshanba, 18-Yanvar, 2026 | 09:56
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
Antonyning Real Betisdagi ajoyib ta’siri – “Manchester Yunayted”dagi omadsizlikdan so‘ng La...
“Shved Messisi” – FC Kopengagen yosh futbolchisi Bardghji Barselonaga nima bera...
Jon Stounz Real Madridga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotiga...
Abduqodir Xusanov Manchester City kelajagi.
Keyn 5-o‘rinda, Mbappe 2-o‘rinda – 2025 yilda eng ko‘p gol urgan...
Leverkuzendan Liverpulga – Frimpong Aleksander-Arnold uchun ideal o‘rinbosarmi?
So’ngi transfer yangiliklari: Son Tottenhamni tark etishi mumkin, Chelsi esa Sancho...
So‘nggi transfer yangiliklari: “Liverpul” va “Aston Villa” Gülerni xohlasa, “Man Yunayted”...
Arsenal vs Man United – Premier League davrida eng ko‘p o‘ynagan...
Premyer Liga g‘olibligi uchun kurasha oladigan tarkibmi? Arsenal keyingi mavsumda qanday...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Futbol yangiliklari

Antoñito Cordero kim? Newcastle United, Real Madrid va Barcelona nega unga bunchalar qiziqmoda?

Muallif: Bakhodirovxz 19/03/2025
Muallif: Bakhodirovxz 19/03/2025 0 fikrlar 4 ko‘rishlar 2 daqiqa o‘qish
4

Antonio Cordero – futbol olamida Antoñito nomi bilan tanilgan – hali keng tanilmagan bo‘lsa-da, yirik Yevropa klublarining diqqat markazida turibdi. 18 yoshli futbolchi LaLiga 2da Malaga jamoasi safida ilk muvaffaqiyatli mavsumini o‘tkazdi, ammo u kelasi mavsum Ispaniya ikkinchi divizionida o‘ynamaydi.

Ispaniyaning Marca nashriga ko‘ra, Antoñitoga Real Madrid va Barcelona qiziqish bildirmoqda, ammo uning transferini qo‘lga kiritish borasida Newcastle United favorit sanalmoqda. Iqtidorli vinger o‘tgan yili Barcelonaga o‘tishi mumkin edi, ammo Newcastle klubining asosiy jamoaga yo‘l ochib berish borasidagi taklifi yaxshiroq bo‘lgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Antoñito mavsum oxirida erkin agentga aylanadi, chunki uning Malagadagi shartnomasi tugaydi.

Antoñito kim?

Andalusiyada tug‘ilgan Antoñito yoshligida Real Betis va Sevilla akademiyalarida tahsil olgan, keyinchalik Malaga safiga qo‘shilgan va 2022 yilda o‘zining birinchi professional shartnomasini imzolagan. O‘tgan mavsum u Atletico Malaga (Malaga jamoasining ikkinchi tarkibi) safida porlab, jamoaning yuqori divizionga chiqishida hal qiluvchi bo‘lgan 12 ta gol urgan. Ispaniya U19 terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Antoñito joriy mavsum Malaga asosiy jamoasi uchun 30 ta o‘yinda 11 ta golli ishtirok qayd etib, yaxshi natija ko‘rsatdi.

Transfermarktning LaLiga bo‘yicha eksperti Ivan Fuente uning o‘yin uslubi haqida shunday deydi:
«Cordero chap qanot hujumchisi bo‘lsa-da, u o‘ng oyog‘ida kuchliroq o‘ynaydi. U so‘nggi yillarda jismoniy tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshiladi va hozirda Malaganing ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi (5 gol). O‘tgan mavsum Malaga B jamoasini yuqori divizionga olib chiqqan golni aynan u urgan va u allaqachon LaLiga 2da yulduz darajasiga yetgan. U yuqori saviyali ligaga ko‘tarilish uchun to‘liq tayyor.»

Antoñitoni kim transfer qilmoqchi?

Antoñito shartnomasining so‘nggi olti oyiga kirgani sababli boshqa klublar bilan erkin muzokara olib borish huquqiga ega va Ispaniyadan tashqaridagi jamoalar bilan oldindan shartnoma imzolashi mumkin. Xabar berilishicha, Newcastle United uning transferini deyarli hal qilgan. Magpies klubi unga moliyaviy jihatdan ancha foydali shartnoma taklif qilgan va asosiy tarkibda o‘ynash bo‘yicha kafolatlar bergan.

Antoñito qayerga o’tishi mumkin?

Fuente qo‘shimcha qildi:
*»Corderoning shartnomasi yozda tugaydi va u Malagada qolish bo‘yicha takliflarni rad etdi. Uning kelajagi boshqa jamoada davom etishi aniq. U Pina Zahavi boshchiligidagi yirik agentlik vakili bo‘lib, erkin agent sifatida turli takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Mening fikrimcha, u Newcastle Unitedga o’tishga Barcelona yoki Real Madriddan ko‘ra yaqinroq, chunki uning atrofidagilar unga doimiy o‘yin amaliyoti taqdim etadigan klubni tanlashni xohlaydi. Ispaniyaning grand jamoalarida u yetarlicha o‘yin daqiqalariga ega bo‘lolmaydi va o‘z mahoratini to‘liq namoyish eta olmaydi.»*

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi

06/06/2025

Maktominaydan Elangagacha — 2024-25-yilda zafar quchgan Manchester Yunayted sobiq futbolchilari

27/05/2025

«Bu bob tugadi» — Al-Nassrdan keyin Krishtianu Ronaldoning besh mumkin...

27/05/2025

Mo Salah, Viktor Gyökeres yoki Kylian Mbappé – Yevropa oltin...

13/05/2025

Real Madriddan Rangersgacha? Davide Anchelottining otasi Karlo boshchiligidagi muhim roli

13/05/2025

So‘nggi transfer yangiliklari: Erling Haaland Man Cityni tark etadimi? Galatasaray...

13/05/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa