Futbol – bu global o‘yin. Faqatgina Angliya Premer-ligasida 33 yillik tarix davomida 126 ta millat vakillari ishtirok etgan. Bu futbolchilar Janubiy Amerika va Okeaniyadek uzoq hududlardan kelishgan. Hozirgi zamonaviy futbolchilarning har biri turli tarixga va noyob kelib chiqishga ega. Shunga qaramay, bugungi o‘yinda bir xil familiyaga ega bo‘lgan futbolchilarning bir nechta misollarini uchratish mumkin. Bu esa bizni o‘ylantirib qo‘ydi – hozirda futbol olamida eng qimmat familiyalar qaysilar?
Transfermarkt jamoasi bu savolga javob topish uchun hozirda bozor qiymati 1 million yevro yoki undan yuqori bo‘lgan kamida ikki nafar futbolchiga ega bo‘lgan familiyalarni yig‘ib chiqdi va ularni umumiy bozor qiymati bo‘yicha tartiblab chiqdi. Maqola uchun familiyadagi har qanday diakritik belgilarga (aksentlarga) e’tibor berilmadi. Qaysi familiyalar hozirgi futbol olamida yetakchilik qilmoqda? Keling, birgalikda ko‘rib chiqamiz — eng kuchli 20 talik ro‘yxatini quyida topishingiz mumkin.
Hozirgi futbolning eng qimmat familiyalari
Ro‘yxatning eng yuqorisida “Martinez” familiyasi joy olgan. Hozirda bu familiyaga ega bo‘lgan 26 futbolchi bor, ularning umumiy bozor qiymati 236 million yevroni tashkil etadi. Ushbu guruhdagi eng qimmat futbolchilar quyidagilar: «Inter» hujumchisi Lautaro Martínez (95 mln yevro), «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martínez (45 mln yevro) va «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martínez (25 mln yevro).
Ikkinchi o‘rinda “Bellingham” familiyasi turibdi — bu qiymat to‘liq Jude Bellingham (180 mln yevro) va uning ukasi Jobe Bellingham (22 mln yevro) hisobidan to‘plangan bo‘lib, jami 202 million yevroga teng.
Uchinchi o‘rinda esa “Mbappe” familiyasi joy olgan – jami 175 million yevro. Bu qiymat ham faqat ikki aka-uka – Kylian Mbappé (170 mln yevro) va Ethan Mbappé (5 mln yevro) orqali hosil bo‘lgan.

To‘rtinchi o‘rinda “Alvarez” familiyasi – jami qiymati 170 million yevro. Bu familiyaga ega 13 nafar futbolchi bor, ulardan eng qimmati – «Atletiko Madrid»ning hujumchisi Julián Álvarez (90 mln yevro).
Beshinchi o‘rinda “Diaz” familiyasi – 13 futbolchi orqali 158 mln yevro. Ular orasida eng mashhuri – «Liverpul»ning yulduzi Luis Díaz (85 mln yevro).
Oltinchi o‘rinni “Fernandez” familiyasi egallagan – 26 nafar futbolchi umumiy 150 mln yevroga teng.
Keyingi o‘rin “Garcia” – bu familiyaga ega 28 futbolchining umumiy bozor qiymati 146 mln yevro.
So‘ngra “Palmer” – atigi 3 nafar futbolchi bo‘lsa-da, ular ichida «Chelsi»dagi Cole Palmer (130 mln yevro) tufayli umumiy qiymat 132 mln yevro bo‘lgan.
To‘qqizinchi o‘rin “Rodriguez” familiyasiga tegishli – 39 nafar futbolchi 131 mln yevro qiymat bilan.
Eng kuchli o‘ntalikni “Silva” familiyasi yakunlaydi – ularning umumiy qiymati 118 million yevroga teng.