outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Chorshanba, 17-Dekabr, 2025 | 12:05
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
‘Kichik shahzoda’ – “Manchester Siti” va “Liverpul” “Monako”ning iste’dodli futbolchisi Eliyesse...
«Real Madrid» 1-2 «Valensiya»
Igor hozirda Crystal Palace’da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda! Brighton’dan ijaraga olish…
€868 millionlik mukofot puli – Klublar Jahon Chempionatida qancha daromad olishi...
Atalanta Ademola Lookman borasida o‘z pozitsiyasini saqlab qolmoqda: futbolchini sotib olish…
Kurt Zouma Ruminiyada Clujning yangi futbolchisi sifatida shartnoma imzoladi, bitim bugun…
“Shved Messisi” – FC Kopengagen yosh futbolchisi Bardghji Barselonaga nima bera...
13-o'rin Telegram | X(Twitter) | Web sayt | Qo'llab-quvvatlash
🚨 Guardiola: “Mashg‘ulotda Rodri: ‘Men o‘ynay olmayman. Tizzamda juda ko‘p og‘riq…
Napoli yangi hujumchi izlashga qaytdi — bu haqda kecha xabar berilgandi,...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Bo'lajak yulduzlarTransfer va mish-mishlar

“Shved Messisi” – FC Kopengagen yosh futbolchisi Bardghji Barselonaga nima bera oladi?

Muallif: Bakhodirovxz 23/06/2025
Muallif: Bakhodirovxz 23/06/2025 0 fikrlar 11 ko‘rishlar 3 daqiqa o‘qish
11

2023/24 yilgi mavsumda FC Kopengagen futbolchisi Runi Bardghji Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yosh to‘purarlar qatoridan joy oldi – u atigi 17 yosh-u 11 oy 24 kunligida Angliyaning grand klubi Manchester Yunayted darvozasiga gol urdi. Uning ismi va yoshligidayoq Chempionlar Ligasida porlagani sababli u tez orada Ueyn Runi bilan taqqoslana boshlandi. Oradan ikki yil o‘tib, 19 yoshli futbolchi Daniya klubini tark etib, ushbu yozda La Liganing yirik klubi Barselonaga o‘tishi kutilmoqda.

Transfer bo‘yicha insayder jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Barselona Bardghji transferi bo‘yicha kelishuvga juda yaqin va qolgan tafsilotlar yaqin kunlarda hal etiladi. Yosh shved futbolchining joriy bozor bahosi €7.5 million bo‘lib, u Kopengagen safida 84 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga ulgurgan. Barselona Bardghji transferida ko‘plab top-klublarni ortda qoldirgan ko‘rinadi va yildan oxirida shartnomasi tugashi sababli uni atigi €2 million evaziga qo‘lga kiritishi mumkin. Biroq bitimga qo‘shimcha bonuslar va kelajakdagi sotuvdan foiz ham kiritilishi kutilmoqda. Endi esa savol: Bardghji qancha kuchga ega va u “Kamp Nou”ga nima bera oladi?

Roony Bardghji Barselonaga nima bera oladi?
«U o‘ng qanotdan ichkariga qarab harakat qilishni yaxshi ko‘radigan dinamik ichki hujumchi,» deya tushuntiradi Transfermarkt’ning Daniyadagi skauti Ziyu Ji. Bardghji o‘ng qanotda ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmasligi mumkin, chunki bu pozitsiyada jahonning eng qimmat futbolchisi Lamine Yamal to‘p surmoqda. Biroq Ji’ning aytishicha, shved futbolchi juda ko‘p qirrali: “U dribbling va tor hududlarda harakatlana olish qobiliyati bilan tanilgan. Uning kuchli jihatlariga texnikasi, raqiblarini birma-bir aldab o‘ta olish qobiliyati va to‘p bo‘lmagan paytdagi harakatlari kiradi. Shuningdek, u ikkala oyog‘ini yaxshi ishlatadi – Brondbyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u ‘zaifroq’ bo‘lgan o‘ng oyog‘i bilan chiroyli gol urgandi.”

Hansi Flik jamoasida Bardghji darrov asosiy tarkibga kira olmasligi ehtimoli katta, u ko‘proq kelajak uchun futbolchi sifatida qaraladi. Ji, shuningdek, 19 yoshli futbolchining kamchiliklari haqida ham gapirdi: “Uning havodagi kurashlari zaif va u barqarorlik ustida ishlashi kerak. Ba’zan o‘yinda butunlay ko‘rinmay qoladigan davrlari ham bo‘ladi.” Biroq Barselona muxlislari Bardghji kimga o‘xshash deb topilganini eshitgach, hayajonlanishi tayin: “Agar uni ikki futbolchiga qiyoslashim kerak bo‘lsa, bu Lionel Messi va Deyan Kulushevski bo‘lardi. Messi – chunki Runining dribbling uslubi unga juda o‘xshaydi. Ba’zi jurnalistlar uni ‘Shved Messi’ deb ham atagan. Kulushevski esa o‘ng qanotdan kesib kirishni yoqtirgani va golli vaziyatlar yaratish qobiliyati bilan o‘xshash.”

“Ba’zi to‘siqlarga qaramay, u kelajakda Yevropaning top klubida asosiy futbolchiga aylanishi aniq,” deya davom etdi Ji. Biroq Bardghji hozirning o‘zida Barselona asosiy tarkibiga tayyormi degan savolga u shunday javob berdi: “Qisqacha aytganda – yo‘q. U 2024 yilning may oyida og‘ir tizzadan jarohat olgandi va hozir yana bir jarohat tufayli safdan chiqqan, biroq tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda. U hozircha bu darajadagi o‘yinlarga moslashish uchun kichikroq ligada muntazam o‘yin amaliyotiga muhtoj. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, u Barselona B va asosiy jamoa o‘rtasida o‘yinlarda qatnashadi. Ammo bu uning faoliyati uchun unchalik foydali emas. Barselona Atletik jamoasi yaqinda Ispaniyaning to‘rtinchi divizioniga tushib ketdi va bu daraja unga mos emas.”

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

22 yoshli Ardon Jashari kim? «Manchester Yunayted» nishonga olgan yarim...

07/08/2025

Osimhendan keyin endi kim? Galatasaray afsonasi o‘rniga 4 asosiy darvozabon...

25/07/2025

«Mamlakatdagi eng yaxshi 15 yoshli futbolchi» – “Arsenal”da Maks Daumanni...

24/07/2025

Jorrel Hato qanchalik yaxshi? — «Chelsi» bilan bog‘langan «Ayaks»ning yosh...

24/07/2025

Rayan Roberto kim? “Barselona” Neymar va Vinisius Jr bilan taqqoslanayotgan...

18/07/2025

100 million yevrolik kelishuv? Liverpoolning Hugo Ekitiké uchun taklifi rad...

17/07/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa