???????? Matheus Cunha — «Manchester Yunayted»ga o’tishga yaqin
«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oldidan Matheus Cunha bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. «Vulverxempton»da ajoyib mavsum o‘tkazgan 25 yoshli braziliyalik hujumchining tovon puli €73 million etib belgilangan va unga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, manbalar «Yunayted»ni bu transferda asosiy favorit sifatida ko‘rsatmoqda.
???????? Enzo Fernandez — «Real Madrid» radarida
«Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandez bu yozda «Real Madrid»ning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Argentinalik futbolchi bir necha oydan beri madridliklar bilan bog‘lanib kelinmoqda, ammo «Chelsi» uni qo‘yib yuborish uchun katta taklif kutmoqda. Klubga moliyaviy FFP bosimi tushayotgani bois katta narxdagi sotuv ehtimoli bor.
???????? Dušan Vlahović — Angliya sari yo‘l oladimi?
«Yuventus» hujumchisi Dušan Vlahović yozda Turin klubini tark etishi kutilmoqda. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, unga «Arsenal», «Chelsi» va «Nyukasl Yunayted» klublari qiziqmoqda. 24 yoshli serbiyalik forvard A Seriyada o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Premyer-ligada o‘ynash istagi borligi haqida mish-mishlar yangramoqda.