“Aston Villa” yozda Arda Gülerni sotib olishga qiziqmoqda. Turkiya terma jamoasi a’zosi bu mavsum “Real Madrid” safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi, biroq Güler Ispaniyada muvaffaqiyatga erishishni xohlashini bildirgan. Yozda ijaraga ketishi mumkin — bu borada “Villa” da’vogarlar safida, “Liverpul” ham futbolchi bilan bog‘lanmoqda.
“Manchester Yunayted” “Udineze” hujumchisi Lorenzo Luccani kuzatmoqda. Italiyalik hujumchi joriy mavsum A Seriyada 10 ta gol urgan va uning narxi taxminan 22 million yevro deb baholanmoqda. U nisbatan arzon narxga sotilishi mumkin.
“Volfsburg” hujumchisi Muhammad Amoura “Arsenal”, “Liverpul” va “Nottingem Forest” klublari radari ostida. Shu bilan birga, “Real Madrid” va “Barselona” yozda “Espanyol” darvozaboni Xoan Garsiyani qo‘lga kiritish uchun “Arsenal” bilan raqobatlashmoqchi.