outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Chorshanba, 10-Dekabr, 2025 | 07:46
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
🚨🌳 McAtee va Hutchinson transferlari hamda Kalimuendo transferi deyarli tayyor bo'lgandan…
Eng so‘nggi transfer yangiliklari: «Liverpul» Nunes/Isak almashtirishni ko‘zlamoqda, «Manchester United» sobiq...
🚨🌳 Nottingham Forest Rennes’dan Arnaud Kalimuendo’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga…
Alexander Isak bayonot berdi: “Va’dalar buzilganda va ishonch yo‘qolganda, munosabat davom…
Xolandi va Anrini ortda qoldirdi – Muhammad Salah Premier Liga tarixida...
Neymar, Podolski va boshqalar – 24 yoshga to‘lmasdan eng ko‘p xalqaro...
Edon Zhegrova Juventus’ga, Oshga marhamat! Bitim yakunlandi va eksklyuziv xabar…
239 ta klubdan kamroq xarajat qilgan — Inzagi qo‘l ostidagi Interning...
🚨💣 Chelsea Alejandro Garnacho bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi! Manchester United…
“Barselona” 2-o‘rinda, “Liverpul” esa 22-o‘rinda — Qaysi klublar bu mavsum eng...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Transfer va mish-mishlar

58 million yevrolik tovon puli — Niko Uilyams “Barselona”ga o’tishga yaqin, ammo ular uni ro‘yxatdan o‘tkaza oladimi?

Muallif: Bakhodirovxz 18/06/2025
Muallif: Bakhodirovxz 18/06/2025 0 fikrlar 6 ko‘rishlar 2 daqiqa o‘qish
6

Niko Uilyams o‘tgan yilgi yozgi transfer oynasining eng ko‘p muhokama qilingan futbolchilaridan biri bo‘lgan edi, biroq u nihoyat shu yozda “Atletik” klubini tark etishi kutilmoqda. Ispaniya terma jamoasi bilan Euro 2024 g‘olibiga aylanganidan so‘ng Uilyamsga “Arsenal”, “Real Madrid” va “Barselona” kabi yirik klublar qiziqish bildirgan, ammo u bolaligidan to‘p surgan klubda yana bir mavsum qolishni tanlagan edi. U 2024-yilda “Atletik”ning 40 yildagi ilk katta sovrini — Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi, biroq jamoani Bilbao shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finaligacha yetaklay olmadi.

Yevropa Ligasi finalini o‘z yurtida yutish orzusi Niko Uilyamsni o‘tgan yozda yevropalik gigantlarning takliflarini rad etishga undagan edi. U o‘tgan mavsum 45 o‘yinda 11 ta gol urdi va 7 ta assist berdi. Endi esa yangi chaqiriqlarga tayyorligini bildirgan holda, transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Uilyams 2027-yilgacha “Atletik” bilan shartnomaga ega, ammo unda 58 million yevrolik tovon puli bandi mavjud — bu esa hozirgi transfer bozorida maqbul qiymat sanaladi. Ammo u qayerga yo‘l oladi?

Niko Uilyams: Ispaniya terma jamoasi yulduziga “Barselona” yetakchilik qilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uilyamsning asosiy istagi — “Barselona”ga o‘tib, La Ligada qolish. 22 yoshli futbolchi “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal bilan yaqin do‘stlikka ega va bu ikki futbolchi keyingi o‘n yillikda kataloniyalik gigantlarning qanotlarida kuchli tandemga aylanishi mumkin. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, Uilyams allaqachon “Barselona” bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan, klub prezidenti Joan Laporta esa uning klubga qo‘shilish istagidan hayratda qolgan.

“Bavariya” ham Uilyamsni sotib olishga jiddiy qiziqqan va unga harakat qilishga tayyor edi, biroq futbolchining Ispaniyada qolishni afzal ko‘rgani ma’lum bo‘lgach, ular boshqa maqsadlarga e’tibor qaratgan. “Arsenal” uzoq muddatdan beri Uilyamsga qiziqib keladi, “Real Madrid” esa uning holatini kuzatib borgan edi. Biroq hozircha Uilyams yozda “Barselona”ga o‘tishga eng yaqin futbolchi bo‘lib turibdi.

Biroq bu transfer oldidagi eng katta to‘siq — “Barselona” hozirda uning maoshini to‘lay oladimi yoki yo‘q. So‘nggi mavsumlarda klubning moliyaviy muammolari ochiq-oydin bo‘lib, ular Ko‘p holatlarda Yevropa futbolidagi Moliyaviy FPP (Fair Play) qoidalari tufayli yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti — xuddi o‘tgan mavsumda Dani Olmo misolida bo‘lgani kabi. Uilyamsni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin “Barselona” kamida bir nafar yuqori maosh oluvchi futbolchidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay, Uilyamsning Yamal va jamoasiga qo‘shilishga bo‘lgan istagi aniq.

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

Osimhendan keyin endi kim? Galatasaray afsonasi o‘rniga 4 asosiy darvozabon...

25/07/2025

100 million yevrolik kelishuv? Liverpoolning Hugo Ekitiké uchun taklifi rad...

17/07/2025

Viktor Osimhen “Galatasaray”ga o‘tmoqda – Tarixdagi eng qimmat 10 nafar...

16/07/2025

Premyer Liga g‘olibligi uchun kurasha oladigan tarkibmi? Arsenal keyingi mavsumda...

08/07/2025

Hato va Ernandes ro‘yxatda – Real Madrid €45 milliondan arzon...

05/07/2025

Yana 16 nafar futbolchi qoldi – Chelsi bu yozda keraksiz...

03/07/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (17)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (47)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Telegram (428)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

🚨🤍🖤 Luciano Spalletti Juventusning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi, bitim…
🚨❤️🤍 Arsenal yangi shartnoma borasida Bukayo Saka va uning vakillari bilan muzokaralarni…
🚨❤️💙 Paris Saint-Germain William Pachoning yangi, keyingi besh yilga mo‘ljallangan…
🚨🟣🔵 Matty Cash Aston Villa bilan 2029-yil iyungacha yangi shartnoma imzoladi, shuningdek…

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa