outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Chorshanba, 6-Avgust, 2025 | 22:18
Ko'p ko'rilgan yangiliklar
Pio Esposito kim? “A Seriyaning yarmi” qiziqayotgan Inter yulduzi haqida
Everton’da yangi davrmi? Toffeelar yozgi transfer oynasidan keyin kelasi mavsum qanday...
Leverkuzendan Liverpulga – Frimpong Aleksander-Arnold uchun ideal o‘rinbosarmi?
Bahodir Nizomovich Qurbonov – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti
De Yong 5-o‘rinda, Konate 2-o‘rinda – 2026-yilda muddati tugaydigan eng qimmat...
Real Madriddan Rangersgacha? Davide Anchelottining otasi Karlo boshchiligidagi muhim roli
So‘nggi transfer yangiliklari: Southampton Dibling uchun narx belgiladi, Arsenal Bundesligadan hujumchi...
Chris Rigg kim? “Liverpool” va “Manchester United” “Sunderland”ning mo‘’jizakor iste’dodini kuzatmoqda
So‘nggi transfer yangiliklari: “Real Madrid” David Rayani nishonga olmoqda, “Napoli” esa...
Charalampos Kostoulas kim? Brighton grek iste’dodini qo‘lga kiritish uchun Chelsini ortda...
outside
outside
  • Asosiy sahifa
  • Kategoriyalar
    • Futbol yangiliklari
    • Transfer va mish-mishlar
    • O’zbek futboli
    • O’yin tafsilotlari
    • Tarix
    • Bo’lajak yulduzlar
  • Qo’llab-quvvatlash
  • Aloqa
Transfer va mish-mishlar

30 yosh va undan katta futbolchilar uchun eng qimmat transferlar: Ronaldo, Casemiro va boshqalar

Muallif: Bakhodirovxz 01/04/2025
Muallif: Bakhodirovxz 01/04/2025 0 fikrlar 0 ko‘rishlar 3 daqiqa o‘qish
0

Zamonaviy futbolda top-klublarning yosh futbolchilarga e’tibor qaratishi tendensiyaga aylandi. Moliyaviy feyr-pley va cheklovlar tobora qat’iylashayotgan bir paytda, jamoalar o‘z mablag‘larini ehtiyotkorlik bilan sarflashga majbur bo‘lishmoqda. O‘rtacha yoshni pasaytirish esa barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

Dunyoning eng katta klubi deya e’tirof etiladigan “Real Madrid” bir vaqtlar “Galaktikos” deb nomlanib, eng katta yulduzlarni katta pul evaziga sotib olar edi. Biroq, so‘nggi yillarda ular bu siyosatdan butunlay voz kechib, yosh iqtidorlarni olib kelish va rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Masalan, Vinisius Junior va Rodrigo kabi yosh yulduzlarni qo‘lga kiritish yoki Kiliyan Mbappe va Antonio Ryudiger kabi futbolchilarni shartnomasi tugagach, tekinga olib kelish. Yaqin kelajakda Trent Aleksandr-Arnold ham bu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin.

Ispaniyalik gigantning bu strategiyasi Yevropaning boshqa top klublari uchun ham o‘rnak bo‘ldi. Biroq, hamma jamoalar ham bunday yondashuvni tanlamagan. Ba’zilari esa 30 yoshdan oshgan futbolchilar uchun juda katta pul sarflagan. Transfermarkt arxivlarini tahlil qilib, ushbu yosh toifasidagi eng qimmat transferlarni aniqladi. Ularning ayrimlari o‘zini oqlagan bo‘lsa, boshqalari esa klublar esidan chiqarishni istagan xatolarga aylangan.

30 yosh va undan katta futbolchilar uchun eng qimmat transferlar

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasida dunyo yulduzi Krishtianu Ronaldu joy olgan. U 33 yoshida “Real Madrid”dan “Yuventus”ga 117 million yevro evaziga o‘tgandi. O‘sha paytda uning bozor qiymati 100 million yevroga teng edi. Portugaliyalik futbolchi Italiya klubida 134 o‘yinda 101 gol urib, ma’lum darajada o‘z transfer narxini oqladi. U uch yildan so‘ng atigi 17 million yevroga “Manchester Yunayted”ga o‘tdi.

Ikkinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn egalladi. U 2023-yil yozida 30 yoshida “Tottenhem”dan “Bavariya”ga 95 million yevro evaziga transfer qilindi. U Myunxen klubi safida 83 o‘yinda 77 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin Neymar hissasiga to‘g‘ri keladi. Braziliyalik futbolchi 31 yoshida “PSJ”dan Saudiya Arabistoni Pro-ligasining “Al-Hilal” klubiga 90 million yevro evaziga o‘tgandi. Bu ro‘yxatdagi ilk muvaffaqiyatsiz transfer hisoblanadi, chunki Neymar Saudiya klubida atigi 7 ta o‘yinda qatnashib, ikki yildan so‘ng shartnomasiz ravishda o‘zining sobiq jamoasi “Santos”ga qaytdi.

To‘rtinchi o‘rinda Kasemiro joy oldi. “Manchester Yunayted” 30 yoshli yarim himoyachi uchun 2023-yilda “Real Madrid”ga 71 million yevro to‘laganida ko‘pchilik hayron bo‘lgandi. Beshlikni esa Miralem Pyanich yakunlaydi. U 30 yoshida “Yuventus”dan “Barselona”ga 60 million yevro evaziga o‘tgan.

Oltinchi o‘rinda italiyalik yarim himoyachi Marko Verratti joy olgan. U 45 million yevro evaziga “PSJ”dan Qatar klubi “Al-Arabi”ga o‘tdi.

Polshalik hujumchi Robert Levandovski ham 30 yoshida 45 million yevro evaziga transfer qilingan. 33 yoshida u “Bavariya”dan “Barselona”ga o‘tib, ushbu ro‘yxatda yettinchi o‘rinni egallagan. Sakkizinchi o‘rinda esa braziliyalik yarim himoyachi Paulino bor. U 30 yoshida 42 million yevroga “Barselona”dan Xitoyning “Evergrand” klubiga transfer qilingan.

Afsonaviy italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchi ham 30 yoshida “Yuventus”dan “Milan”ga 42 million yevro evaziga o‘tgan. Ro‘yxatni Kalidu Kulibali yakunlaydi. U 31 yoshida 2022-yilda “Napoli”dan “Chelsi”ga 42 million yevro evaziga transfer qilingan.

Ulashish 0 FacebookTwitterPinterestTelegramCopy LinkThreadsBlueskyEmail
Bakhodirovxz

Sizga ham yoqishi mumkin

Osimhendan keyin endi kim? Galatasaray afsonasi o‘rniga 4 asosiy darvozabon...

25/07/2025

100 million yevrolik kelishuv? Liverpoolning Hugo Ekitiké uchun taklifi rad...

17/07/2025

Viktor Osimhen “Galatasaray”ga o‘tmoqda – Tarixdagi eng qimmat 10 nafar...

16/07/2025

Premyer Liga g‘olibligi uchun kurasha oladigan tarkibmi? Arsenal keyingi mavsumda...

08/07/2025

Hato va Ernandes ro‘yxatda – Real Madrid €45 milliondan arzon...

05/07/2025

Yana 16 nafar futbolchi qoldi – Chelsi bu yozda keraksiz...

03/07/2025

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Keyingi fikr bildirishim uchun ismim, email va telegramimni ushbu brauzerda saqlang.

Kategoriyalar

  • Bo'lajak yulduzlar (16)
  • Futbol yangiliklari (71)
  • O'yin tafsilotlari (46)
  • O'zbek futboli (5)
  • Tarix (16)
  • Transfer va mish-mishlar (101)

Outside haqida

Outside.uz platformasi ilk bora 2024-yil 11-iyulda telegram kanal sifatida tashkil topgan @outs1de_uz

  • Telegram: @bakhodirovxz
  • Email: bohodirovasadbek1@gmail.com

Kerakli linklar

  • Outside haqida
  • Aloqa
  • Qo'llab-quvvatlash

So'ngi yangiliklar

€127 millionlik yulduzdan €20 millionlik muvaffaqiyatsizlikka – João Félixning hayratlanarli yuksalishi va qulash tarixi
Rayan Roberto kim? “Barselona” Neymar va Vinisius Jr bilan taqqoslanayotgan “Flamengo” iqtidorini xohlamoqda
100 million yevrolik kelishuv? Liverpoolning Hugo Ekitiké uchun taklifi rad etildi, Nyukasl esa poygadan chiqdi
Viktor Osimhen “Galatasaray”ga o‘tmoqda – Tarixdagi eng qimmat 10 nafar afrikalik futbolchi

@2025 – All Right Reserved. Designed and Developed by Bakhodirov

Twitter Telegram
outside
  • Home